Simeone: Al’varesni ko‘rmaysizlar!

  • 28.08.2026 18:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone “Sevilya”ga qarshi bo‘ladishgan La Liga uchinchi turi uchrashuvi oldidan hujumchi Julian Alvares atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

Futbolchi “Barselona”ga qo‘yib yuborilishini talab qilmoqda va ataylab mashg‘ulotlarga kelmayapti. Biroq “Atletiko” klubi o‘z futbolchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi bo‘lgan “Barselona”ga berish niyati yo‘qligini ochiq ma’lum qilgan.

- Savollaringizning aksariyati Julian bilan sodir bo‘layotgan voqealar haqida bo‘lishini tushunaman. Klub futbolchi bo‘yicha keyingi rejalarini aniq va ikkilanishsiz bildirdi. Men ham huddi shu pozitsiyadaman va sport nuqtai nazaridan unga asosiy futbolchi maqomini qaytarishga yordam berishimga umid qilaman.

Mening e’tiborim asosiy masala – yaqinida bo‘lib o‘tadigan “Sevilya”ga qarshi o‘yinga qaratilgan. Ertaga Julian o‘ynamaydi. Bizni esa ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozongan va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lgan raqibga qarshi bahs kutib turibdi, - dedi Diego  Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!