Simeone ataylab ikki marta Vinisiusni provakatsiya qildi
Ispaniya Superkubogining yarim finalida Madrid derbisi bo‘ldi va unda “Real” futbolchilari raqib maydonida o‘ynaganiga qaramay, uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi.
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone “Real” hujumchisi Vinisius Zuniyorga nisbatan ikki marta qasddan provokatsiya qildi.
Birinchi holat tanaffusgacha sodir bo‘lgan. Simeone braziliyalikka shunday degan:
“Vini, Vini… Florentino Peres baribir seni haydab yuboradi, gapimni eslab qol”.
Ikkinchi hodisa Vinisius almashtirilgandan keyin ro‘y berdi. 81-daqiqada u Arda Gyularga o‘rin bo‘shatib maydonni tark etayotganda, “Atletiko” ustozi avval tribunalariga, keyin esa qulog‘iga ishora qilgan.
Finalda 11 yanvar kuni “Barselona” va “Real” to‘qnash keladi. Amaldagi Superkubok sohibi “Barselona” 2025 yildgi finalda “Real”ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar