Simeone "Atletiko"da 2020 yilgacha qolishi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Diego Simeone bilan o‘zaro hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. AS nashrining ma’lum qilishicha “matraschilar” argentinalik mutaxassisga 2020 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishmoqchi.
O‘z navbatida Simeone ham “Atletiko”dagi ishini davom ettirishga tayyor. Faqat u amaldagi shartnomasini yana bir mavsumgagina uzaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Diego Simeonening madridliklar bilan tuzgan kelishuvi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar