Simeone “Barselona”ning qo‘rqinchli tushiga aylanmokda
“Barselona” Diego Simeone boshchiligidagi “Atletiko Madrid”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozona olmayapti.
Klub Simeone davrida kataloniyaliklarni uch marta to‘qnashuvda uch marta ham turnirdan chiqarган.
Joriy mavsum chorak finalida ham madridliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 (2:0, 1:2) hisobida ustun keldi.
Shuningdek, “matraschilar” 2013/14 va 2015/16 mavsumlarida ham chorak final bosqichida "ko‘k-anorranglilar"dan ustun kelgan edi.
Ma’lumot uchun, Diego Simeone 2011 yildan buyon “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Fikrlar