Asosiy mazmunga oʻtish

Simeone: "Finalda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Mutaxassis final oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madridliklar hal qiluvchi bahsda "Real Sosyedad"ga qarshi maydonga tushadi.

"Har qanday sportchi uchun finalda o‘ynash va g‘alaba uchun bor kuchini berish qanchalik muhimligini yaxshi bilamiz. Seshanba kuni biz muhim o‘yin o‘tkazdik — "Barselona"ga qarshi (1:2), bu natija Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqishimizga yordam berdi. Ammo hozir biz yana realiklikka qaytdik.

Biz kuchli raqibga qarshi qanday qiyinchiliklar kutilayotganini tushunamiz. Ular turli hujum sxemalariga ega jamoa. Shu bois, g‘alaba qozonish uchun maydonga to‘liq tayyor holda chiqishni reja qilyapmiz", — dedi Simeone.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q