
Simeone Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati oldidan turnir haqida gapirdi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone bir necha kundan so‘ng boshlanadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu musobaqada Ispaniya nomidan ishtirok etish — biz uchun katta sharaf. Biz imkonimizdan kelib chiqqan holda, barcha narsani qilamiz. Bu musobaqa muxlislar uchun juda hayajonli va tomoshabop bo‘ladi. Biz uchun esa yana bir muhim tajriba bo‘ladi" — dedi argentinalik mutaxassis.
"Atletiko" guruh bosqichida quyidagi klublarga qarshi maydonga tushadi:
PSJ (Frantsiya)
Botafogo (Braziliya)
Sietl Saunders (AQSh)
Simeone shogirdlari musobaqadagi ilk o‘yinida 15 iyun, yakshanba kuni PSJga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar