Simeone tasdiqladi, Al’vares «Atletiko»da o‘ynashda davom etadi

  • 18.08.2026 17:28
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone argentinalik hujumchi Julian Alvares Madrid jamoasida qolishini tasdiqladi.

 

Bundan avvalroq klub prezidenti Enrique Sereso ham shu haqida gapirgan, shu bilan birga futbolchining «Barselona»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etgan edi.

 

«Agar klub egasi shunday degan bo‘lsa, mening qo‘shimcham yo‘q. Sudda aytishadi-ku, “ish yopildi”, deb. Julian – hujum chizig‘ida bizdagi eng kuchli futbolchi. Uning salohiyati va so‘nggi mavsumlarda orttirgan obro‘siga tayanib, jamoani aynan uning atrofida shakllantirishga harakat qilamiz», – deya Simeonening so‘zlarini keltiradi AS nashri.

 

Shu bilan birga, Alvares 19 avgust kuni Ispaniya chempionati birinchi turidan o‘rin olgan «Malaga»ga qarshi uy uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Sababi – hujumchi ta’tildan so‘ng hali optimal sport formaga kirib ulgurmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!