Simeonening oʻgʻli nega otasining familiyasidan voz kechganini aytdi
Madridning "Atletiko" jamoasi hujumchisi Juliano Simeone oʻz familiyasi haqida fikr bildirib, nega oʻyin futbolkasiga uni yozdirmaslikka qaror qilganini izohladi.
"Yoshlar jamoasida “Atletiko” safida oʻynayotganimda, ilk bor oʻyin futbolkamda oʻz ismim yozildi. Aka-ukalarim va otam Simeone familiyasi bilan oʻynagan, ammo men har doim familiyadan qatʼi nazar, oʻz yoʻlim bilan borishni istagandim. Shuning uchun men uchun aynan ism bilan oʻynash juda muhim. Bu mening qarorim edi va u menga yoqdi. Odamlar meni Juliano sifatida bilishini xohlayman", — dedi forvard.
Maʼlumot uchun, u 2019 yildan buyon "matraschilar" tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Fikrlar