Simona Xalep g‘alaba uchun ancha ter to‘kdi
Zohir2018
Dubayda tennis malikalari jam bo‘ldi
Ruminiyalik Simona Xalep va tunislik Ons Jaber Dubay shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Unda rumin go‘zali raqibini uch setda 1:6, 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi "Dubai Duty Free Championships"ning 1/4 final bosqichida S.Xalep belaruslik Arin Sobolenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)