Simona Xalep ispan go‘zalini sinovdan o‘tkazadi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Qatarda o‘tayotgan musobaqaning chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Simona “Qatar Total Open – 2018” turnirining yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan o‘yinda amerikalik Ketrin Bellis bilan raqobatlashib, bor yo‘g‘i to‘rtta geymni boy berdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Xalep endi finalga chiqish uchun ispaniyalik Garbin Mugurusaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar