
Simona Xalepni to‘xtatish yo‘li topildi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Wuhan Tennis Open" turnirining ikkinchi davrasida yurishini to‘xtatdi.
Simona slovakiyalik Dominika Tsibulkovaga qarshi o‘tgan o‘yinda 0:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa Dominika uchinchi davrada rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, Xalep joriy yilda uchinchi marotaba birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramoqda.
Fikrlar