Sindarov va Abdusattorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatorida!
Kiprda start olgan Nomzodlar turnirining 1-turida Javohir Sindarov rossiyalik Andrey Esipenko ustidan muhim g‘alabaga erishdi.
Ushbu natija nafaqat turnirdagi ilk ochkoni, balki jahon reytingida sezilarli o‘sishni ham ta’minladi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba orqali Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli o‘n nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.
Shu tariqa, mamlakat shaxmat tarixida ikkinchi bor bir vaqtning o‘zida ikki nafar o‘zbekistondlik shaxmatchi dunyo TOP-10 taligidan joy oldi. Hozirda Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rinni, Sindarov esa 10-o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar