Сирил Ган: "Tom Aspinall ruhiy jihatdan zaif"

  • 23.09.2026 16:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik UFC jangchisi Siril Gan.sobiq chempion Tom Aspinall haqida gapirdi.

"Biz Aspinallning ruhiy zaifligini bilardik. Buni taxmin qilgan edik. Janglardan keyin g'alabalarni nishonlashi, tana tili – hammasi shundan dalolat berardi. Oxir-oqibat, barchasi yuzaga chiqdi.

Bu yigit haddan tashqari ko'p shikoyat qiladi. Ko'zingga barmoq tegdi – to'xtashga haqqing bor. Agar og'riqni sezayotgan bo'lsang, demak, muammo bor. Ammo axborot borasida qilgan barcha ishlaringni uyushtirishing shart emas edi, chunki bu oxir-oqibat o'zingga qarshi ishladi. Biz barmoqlarning ko'zga tegishini ko'rdik - bularning barchasidan spektakl uyushtirish shart emas edi", - dedi fransuz Zak Naning intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Tom Aspinall ko'zidagi jarohat sabab og'ir vazndagi chempionlik unvonidan voz kechdi. Endi ushbu titul uchun 14 noyabr kuni "UFC 334" turnirida Siril Gan va amerikalik Josh Hokit bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!