“Siti” arzon, lekin zo‘r futbolchi oladi

  • 21.10.2025 10:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodlarga boy bo‘lgan Portugaliya chempionatida “Famalikan” klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Gushtavu Sa Evropaning grand klublari e’tiborini o‘ziga torta boshladi.

Calciomercato nashrining yozishicha, hozirning o‘zida 20 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Gushtavu Sa futbol sirlarini “Portu”da o‘rgana boshlagan va keyinroq “Famalikan” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. 2022 yildan beri "Famalikan" asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda.

Gushtavu asosan maydon markazida hujumchi ortida harakat qiladigan o‘yinchi hisoblanadi. “Famalikan” bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transfer summasi 16 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!