“Siti” ikki superyulduz masalasini hal qildi

  • 20.06.2026 10:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Tomonlar allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan.

So‘nggi tafsilotlar kelishib olingach, belgilaylik futbolchi 5 yillik yangi shartnomaga imzo chekadi. Shu bilan birga, uning maoshi ham oshiriladi. Manbaga ko‘ra, bitim yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Xuddi shunday holat himoyachi Yoshko Gvardiol bilan ham kuzatilmoqda. U ham «Manchester Siti» bilan hamkorligini uzaytirishga tayyorlanmoqda.

O‘tgan mavsumda Doku va Gvardiol mos ravishda 47 va 25 ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning bozor qiymati esa mos ravishda 75 million va 70 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!