“Siti” markaziy himoyachiga katta shartnoma beradigan bo‘ldi

  • 07.05.2026 06:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiolni jamoada saqlab qolish niyatida. Bu haqida Sportske novosti nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” Gvardiol uchun maoshi sezilarli darajada oshirilgan va uzoq muddatli yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Ta'kidlanishicha, oʻyinchiga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqmoqda, biroq “Manchester Siti” universal himoyachini saqlab qolishga qat'iy qaror qilgan.

2023 yilda ingliz grandi Gvardiolni “RB Leyptsig” klubidan 90 million yevroga sotib olgan edi.

Bu mavsumda 24 yoshli xorvatiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 23 ta oʻyin oʻtkazib, ikki gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Ayni paytda u og‘ir jarohatdan tiklanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!