"Siti" nega De Bryuynega kam maosh taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 6 yanvar, 2021, 16:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne “shaharliklar”ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha yuborgan navbatdagi taklifini ham rad etdi.

The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Siti” rahbariyati 29 yoshli belgiyalik futbolchiga hozirgi maoshidan kam mablah taklif qilgan. Bu "Barselona" sardori Lionel Messining ehtimoliy transferi bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda.

33 yoshli argentinalik futbolchining “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. “Manchester Siti” uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

De Bryuyne joriy mavsum “Manchester Siti” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!