“Siti” rahbarlari “Real”ni “uxlatmoqchi”

  • 24 iyun, 2024, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati “Real” klubi kutayotgan iste’dod egasini o‘ziga og‘dirib olmoqchi.

Tecno

Diario Sport nashrining yozishicha, Evropaning bir necha grandlari nazari “River Pleyt”ning 16 yoshli o‘yinchisi Franko Mastantuonoga tushgan.

Hujumkor futbolchining shartnomasini uni 53 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band bor.

“Real” vakillari anchadan beri yosh o‘yinchini kuzatib kelmoqda. Biroq, “Manchester Siti” bu vunderkindni madridliklarga erib qo‘ymoqchi emas.

Mastantuono barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi. 16 yoshli futbolchining amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha imzolangan.

Transfermarkt portali ekspertlari o‘yinchini 10 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!