
“Siti” superhujumchisini qo‘yib yuboradigan bo‘ldi
“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini Frantsiya grandi PSJda davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Manbalarning yozishicha, parijliklar argentinalik jahon chempionini so‘rab, “shaharliklar”ga murojaat qildi.
“Manchester Siti” Alvaresni transfer qilishga tayyor. Buning uchun PSJ birdaniga 80 million evro to‘lashi talab etilmoqda.
Garchi iste’dodli hujumchiga “Bafari” va “Atletiko” kabi klublar da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa-da, “shaharliklar” belgilangan summa va qo‘yayotgan talabni faqat PSJ bajara oladi.
Xulian Alvares norvegiyalik to‘purar Erling Xolandning soyasida qolib ketyapti. Argentinalik hujumchi jamoada asosiy figuralardan bo‘lishni istaydi.
Fikrlar