
"Siti" uzoq kutgan yulduz yozda kelishga yaqin turibdi
"Tottenxem" yulduzi Xarri Keyn faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, angliyalik hujumchi hozircha klubdan yangi takliflar olib ulgurmagan. "Shporlar" "Manchester Siti"ning Keynga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, vaziyat rivojini kuzatmoqchi.
Xarrining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsum so‘ngida hujumchi jamoa muxlislari bilan xayrlashib, "Siti"ga o‘tmoqchi edi, ammo yakunda hammasi barbod bo‘ldi. "Shaharliklar" yozda yana bir marta uni sotib olishga harakat qilib ko‘radi.
28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Tottenxem" libosida 34 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol va 3 assist muallifiga aylandi.
Fikrlar