"Siti" yozda Bundesliga yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 7 mart, 17:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts uchun jiddiy kurashmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk nashri xabar bermoqda.
 
Manbaning xabar berishicha, "Bavariya" nemis futbolchisini o‘z safiga qo‘shish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega deb hisoblaydi. Biroq, uni 2026 yilda transfer qilishga qaror qilgan. "Real Madrid" ham xuddi shunday fikrda.

Tecno

Shu bilan birga, "Manchester Siti" 21 yoshli futbolchini aynan shu yozda o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda. "Shaharliklar" nomidan agent Jovanni Branchini Virttsni ingliz klubiga o‘tishga ko‘ndirmoqda.

"Siti" futbolchi "Bayer"da o‘zini qulay his qilayotganiga qaramay, Virtsga bosim o‘tkazishni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!