“Siti” yulduzi ketadigan bo‘ldi
“Manchester Siti”ga o‘tgan yili yanvarda kelgan Umar Marmush jamoadagi bir yillik faoliyatidan keyin jamoasini o‘zgartirish haqida bosh qotira boshladi.
Gap shundaki, “shaharliklar” qishki transferlar oynasi davrida jamoaga “Bornmut”dan Antuan Semenyoni oldi. Ganalik hujumkor futbolchi maydondagi pozitsiya jihatidan Umar Marmush bilan deyarli bir xil vazifani bajaradi.
Marmush shu sababli yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay qolishi mumkin.
Transfer News Live nashri jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berishicha, Marmush qishki transfer oynasi yopilishidan oldin ketishga tayyor. 26 yoshli futbolchiga asosiy da’vogarlar sifatida “Aston Villa” va “Tottenxem” jamoalari tilga olinmoqda.
“Manchester Siti” Umar Marmushni Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan 75 million yevroga sotib olgan edi. Hozir Transfermarkt portalida uning bahosi 65 million yevroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar