"Siti" zaxirasida qolib ketayotgan futbolchiga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

  • 24 may, 2022, 18:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterling yozda "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. The Telegraph jurnalisti Mett Louning xabar berishicha, agar “aristokratlar” Verner, Pulishich hamda Ziesh kabi futbolchilardan birini sotsa, ingliz vingeri londonliklar safiga ko‘chib o‘tadi.

Sterlingning "Manchester Siti" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Avvalroq, angliyalik futbolchining xizmatlariga Londonning boshqa jamoalari "Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirgan, ammo Rahim bu klublarga rad javobini bergandi.

Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli vinger ushbu mavsum "shaharliklar" tarkibida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 13 gol muallifiga aylandi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!