
"Siti"ning ikki himoyachisi "Arsenal"ga qarshi o‘ynamaydi
APL 24-turi doirasida Londonning "Arsenal" klubi o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin hamyurtimiz Abduqodir Husanovning "shaharliklar" safida to‘p tepayotgani bilan o‘zbek muxlislari uchun yana ham ahamiyatli.
Ma’lum bo‘lishicha, "kanonirlar"ga qarshi bellashuvni "Siti" safida Natan Ake, Ruben Diash hamda Jeremi Doku kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Ular hamon jarohatdan forig‘ bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, "Arsenal" - "Siti" bahsi yakshanba kuni soat 21:30da start oladi.
Fikrlar