
Skaloni: Nima bo‘lsa ham jamoa uning atrofida quriladi
Lionel Skaloni JCh-2022 Lionel Messi uchun qanchalik muhim bo‘lganini aytdi.
"Hamma jahon chempionati har qanday futbolchi uchun eng muhim ekanligini aytdi. Messiga ushbu kubok etmayotgandi. O‘ylashimcha, u Qatarda yurak bilan o‘ynadi. Bunday holatda uni to‘xtatib bo‘lmasdi.
Menimcha, Leo terma jamoada o‘ynashda davom etadi, ammo yakuniy qarorni uning o‘zi qabul qiladi. Messi nima bo‘lsa ham o‘ynashda davom etadi va jamoa nima bo‘lsa ham uning atrofida quriladi", - dedi Skaloni.
Fikrlar