
Skaloni "yil murabbiyi" deb topildi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni futbol statistikalari bilan shug‘ullanuvchi portal "IFFHS" talqiniga ko‘ra, "2022 yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
U mazkur yilda Qatardagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Finalda uning jamoasi Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda ushbu sovrinni Italiya bilan Evroni yutgan Roberto Manchini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar