Slavko Lukich "Qo‘qon-1912" klubida to‘p suradi!

  • 27 yanvar, 2021, 23:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalaridagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan serbiyalik futbolchi Slavko Lukich “Qo‘qon-1912” jamoasiga etib keldi.

Tecno

Murabbiylarning taklifiga binoan Qo‘qonga etib kelgan himoyachi mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Slavko Lukich bu yilgi mavsumni “Qo‘qon-1912” safida o‘tkazishi aniq bo‘ldi, - bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun

Ismi sharifi: Slavko Lukich

Tug‘ilgan sanasi: 14.03.1989

Belgrad shahrining “Tsrvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi

Bo‘yi: 182 sm

Og‘irligi: 80 kg

Ampluasi: o‘ng qanot himoyachisi

Fuqaroligi: Serbiya

Klubi: “Spartak”  (Trnava, Serbiya)

 

O‘ynagan klublari:

2007 – 2008 “Morava Velika Plana” FK

2009 - 2012 “Smederevo” FK

2012 - 2013 “Novi Pazar” FK

2013 - 2014  “Smederevo” FK

2014 - 2015  “Suteshka Nikshich” FK

2015 - 2016  “Teuta Durres” FK

2016 - 2017  “Flamurtari Vloryo” FK

2017            “Spartak” FK (Trvana, Serbiya)

2018             “Nasaf”  (Qarshi)

2019             “Navbahor” (Namangan)

2020             FK “Napredak”

Slavko Lukich o‘z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan. Shuni ham aytish joizki, ushbu futbolchiga "Buxoro", "Andijon" va yana bir qator klublar ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Yakunda esa "Qo‘qon-1912"ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!