
Slot Aleks Fergyusonning 2011 yildagi natijasini takrorladi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Aleks Fergyusonning yutug‘ini takrorladi. Niderlandiyalik mutaxassis avgust oyida Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
X ijtimoiy tarmog‘ida Opta Sport portalining xabar berishicha, 2011 yildan buyon ilk bor APLning amaldagi chempioni bosh murabbiyi yangi mavsumning birinchi oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan. Qayd etilishicha, so‘nggi martta bu natijaga erishgan murabbiy aynan Aleks Fergyuson bo‘lgan.
"Liverpul" APL-2024/2025 mavsumida 38 turda 84 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rindagi "Arsenal" bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil etgan edi. Yangi mavsumning dastlabki uch turida "mersisaydliklar" "Bornmut" (4:2), "Nyukasl" (3:2) va "Arsenal" (1:0) ustidan g‘alabaga erishdi.
Fikrlar