Slot: "Liverpul"ga yozda ayrim o‘zgarishlar kerak bo‘ladi"

  • 17.04.2026 14:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yozgi transfer oynasida jamoa oldida turgan vazifalar haqida fikr bildirdi.

"PSJga qarshi uydagi o‘yinni (0:2) ko‘rgan insonlar uchun kelajak yorug‘ ko‘rinadi.

Jamoa Yevropaning eng kuchli klublari bilan raqobat qila olishini namoyish etdi. Bu allaqachon juda kuchli jamoa, ammo Endryu Robertson va Muhammad Saloh ketganidan keyin ayrim o‘zgarishlar zarur bo‘ladi. Kelajak yorug‘.

Men kerakli transferlar soni haqida o‘ylamayapman. Men aniq pozitsiyalar va ketishi ma’lum bo‘lgan futbolchilar haqida o‘ylayapman.

Avvalo yozda nima bo‘lishini ko‘ramiz, shundan keyin nimalar qilish kerakligini yanada yaxshiroq tushunamiz", — dedi Slot.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!