Slot mundialning omadсиз terma jamoasini boshqaradi

  • 02.07.2026 14:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli mutaxassis Arne Slot Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Bu haqida The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi ehtimoliy nomzodlar bilan dastlabki muloqotlarni allaqachon boshlagan. Amaldagi bosh murabbiy Ronald Kuman shartnomasi muddati tugagach, o‘z lavozimini tark etadi.

Bu haqida Niderlandiya terma jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirokini yakunlaganidan keyin ma’lum qilingan. “Apelsinlar” 1/16 finalda Marokashga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Arne Slotning so‘nggi ish joyi “Liverpul” bo‘lgan. U mersisaydliklar bilan birga 2024/2025 yildagi mavsumda Angliya chempioni bo‘lgan. 2026 yil may oyida klub rahbariyati jamoaning natijalaridan qoniqmagan holda Slotning bosh murabbiylik lavozimini tark etganini rasmiy e’lon qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!