Slot nufuzli klub bilan muzokalarni boshladi

  • 18.03.2026 22:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” “Galatasaroy"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 bosqichidan o‘rin olgan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir vaqtda hayratlanarli ma’lumotlar omma e’tiboriga tushdi.

Gap shundaki, “Ayaks” klubi "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu haqida “Indykalia News” ma’lum qildi. Manbaning ta’kidlashicha, “amsterdamliklar” niderlandiyalik mutaxassis bilan rasmiy bog‘langan, dastlabki muzokaralar ijobiy va yuqori darajada yakunlangan”,- deyiladi insaydda.

Avvalroq xabar berganimizdek, Slotning “Liverpul”dagi faoliyati “Galatasaroy”ga qarshi o‘yin natijasiga bog‘liq. Jamoa Chempionlar Ligasini tark etsa, unga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Mavsum yakuniga qadar “mersisaydliklar”ni boshqarish uchun jamoaning afsonaviy futbolchisi Stiven Jerard olib kelinishi aytilgandi.


Eslatib o‘tamiz, Slot avvalroq o‘z vatanidagi ikki klub “AZ Alkmaar” va ”Feynoord”ni boshqargan.

Abduvaliev Azizjon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!