Sobiq futbolchi "Manchester Siti"ga Kante transferini maslahat berdi
O‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Din Sonders "Manchester Siti" klubiga tajribali yarim himoyachi N’Golo Kanteni jamoaga jalb etishni maslahat berdi.
"Bu mavsumdagi eng yaxshi transfer bo‘lishi mumkin. U tayanch zonada himoyachi kabi fikrlaydi va butun maydonni yopib bera oladi. U 34 yoshmi? U hali ham yuqori darajada o‘ynay oladi", — deya Sonders so‘zlarini keltiradi "talkSPORT".
Mutaxassisning fikricha, fransiyalik yarim himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilish yetarli bo‘ladi. Kante avvalroq Angliya chempionatida "Lester" va "Chelsi" jamoalari safida to‘p surgan. Ayni paytda u Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Joriy mavsumda N’Golo Kante 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar