Sobiq futbolchi "Real"ga 31 yoshli futbolchini sotib olishni maslahat berdi

  • 27.10.2025 18:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Klod Makelele "Real"ga 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maslahat berdi. Gap PSJ himoyachisi Markinos haqida ketmoqda.

- Men doim Markinosni "Real"da ko‘rishni istardim. Bu yigitni juda yaxshi ko‘raman. Men Anchelotti shtabida bo‘lganimda u bilan PSJda ishlaganman. Uning sifati, mehnatsevarligi, ishtiyoqi, sabr-toqati... U aql bovar qilmaydigan darajada taraqqiy etdi.

- Albatta, hozir u PSJ safida dunyoning eng yaxshi jamoasida o‘ynamoqda. Ammo bu aynan men "Real"da ko‘rishni istagan futbolchi. Markinos juda aqlli. Hozir yakkama-yakka o‘ynay oladigan himoyachilarni ko‘p ko‘rmayapman. U esa shunday qiladi. Men uchun Markinos orzudagi futbolchi, agar "Real" yanada kuchliroq bo‘lishni istasa. Ammo PSJ uni qo‘yib yubormaydi, deb o‘ylayman, - dedi Makelele.

Markinosning PSJ bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!