Asosiy mazmunga oʻtish

Sobiq hakam: "Real" boshqa vaziyatda penalti tepishi kerak edi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Vinisius vaziyatiga ham toʻxtaldi

Sobiq hakam Pavel Fernandez "Real" va "Manchester Siti" oʻrtasida boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvida (3:0) madridliklar boshqa vaziyatda penalti tepishi kerak boʻlganini aytdi.

57-daqiqada "shaharliklar" darvozaboni Janluidji Donnarumma Vinisius Juniornı yiqitgan edi. Braziliyalik futbolchi penalti ni oʻzi tepdi, ammo gol ura olmadi.

71-daqiqada esa Ruben Diash va Braim Dias oʻrtasidagi toʻqnashuvdan keyin hakam Mauritsio Mariani 11 metrlik jarima zarbasini belgilamadi.

"Donnarumma Vinisiusning tezlashuvini toʻxtatishga urinayotganda unga tegib ketdi va Vinisius yiqildi. Ammo u aynan shu kontakt tufayli yiqilgani yoʻq. Bu — penalti emas.

Diash esa Braim unga yaqinlashgan paytda toʻpni yomon qabul qildi. U oʻng oyogʻi bilan toʻpni qayta nazoratga oldi, ammo chap oyogʻi bilan marokashlik futbolchini ataylab yiqitdi. Bu esa penalti edi", — deb yozdi Fernandez.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q