Sobiq sardor 39 yoshida vafot etdi

  • 01.09.2024 12:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Lids” jamoasida sardorlik qilgan Sol Bamba og‘ir hastalik tufayli 39 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda VVS xabar tarqatdi.

So‘nggi paytda Bamba Turkiyaning “Adanaspor” jamoasida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2021 yili Bambada onkologik kasallik borligi aniqlangan. Oradan biroz o‘tib, Sol hastalik chekinganini ma’lum qilgan edi.

Bamba professional faoliyatini PSJda boshlagan. U asosan Angliya klublaridagi faoliyati bilan tanilgan. 2015-2016 yillarda “Lids” sardori bo‘lgan. Bundan tashqari, “Lester”, “Kardiff” va “Mildsbro”da to‘p tepgan.

Sol Bamba Kot‑d’Ivuar terma jamoasi safida 2012 yili Afrika millatlar kubogining kumush medaliga ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!