
Sobiq UFC chempioni: "U endi MMA dagi GOAT"
UFC va Bellator kabi promoushenlarda ishtirok etgan 45 yoshli MMA ustasi, og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni va sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Frenk Mir amaldagi chempion Jon Jons va vaqtinchalik chempion Tom Aspinall o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi.
"Jon endi bizning sportimizdagi GOAT. Men Tomni tushunaman va uni umuman ayblamayman. Aspinallning o‘rnida bo‘lganimda men ham Jon bilan jang qilish uchun hamma narsani qilgan bo‘lardim. Chunki Jons bilan kurash istalgan jangchining karerasini kosmosga olib chiqishi mumkin. Agar Jons va Aspinall keyingi 12 oy ichida jang qilsa, men bor pulimni tikishga tayyorman. Taxminlarimga ko‘ra, ushbu to‘knashuvda Jonning jangda g‘alaba qozonish ehtimoli 70-90% deb o‘ylayman”, - deya Mirning so‘zlarini keltirdi MMA News.
Fikrlar