Soboslai: "PSJ kuchli, ammo biz har qanday raqibni engishga qodirmiz"
Dominik Soboslay "Liverpul"ning "Galatasaray" ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasidan (umumiy hisob — 4:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, biz keyingi o‘yin — "Brayton"ga qarshi bahsda ham xuddi "Galatasaray"ga qarshi o‘ynaganimizdek o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
Men PSJning "Chelsi"ga qarshi o‘yinini tomosha qildim. Ular juda kuchli jamoa, ammo biz istalgan raqibni yengishga qodir ekanimizni ko‘rsatdik.
Har bir o‘yinda bir xil darajada o‘ynashimiz kerak. Albatta, Chempionlar ligasida farq bor, lekin "Brayton"ga qarshi ham xuddi shunday energiya namoyish qilishimiz shart", — dedi Soboslay.
Fikrlar