"So'g'diyona" Antaliyada "Spartak" bilan o'ynadi

  • 23.01.2026 20:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ulnayotgan "So‘gdiyona" ilk o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi. Raqib Serbiyaning "Spartak" klubi bo‘ldi.  

Yomg‘irli ob-havoda kechgan uchrashuv 2:3 hisobida raqib foydasiga yakunlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

"So‘gdiyona"ning boshlang‘ich tarkibi: Nikola Merkovich, Zoir Jo‘raboev, Islom Qobilov, Filip Ivanovich, Suhrob Izzatov, Dilshod Misraliev, Ollobergan Karimov, Javohir Qahramonov, Aleksandar Boljyevich, Lyupcho Doriev, Feysal Mulich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Otabek Jo‘raqo‘ziev, Tohir To‘xtasinov, Abdulaziz Abdurashidov, Shohruh Isoqov, Oybek Nurmatov, Ulug‘bek Kenjaev, Abduazim Ortiqov, Kamol Karimov, Ayub Omonov.

Gollarga Feysal Mulich bilan Ulug‘bek Kenjaev (penaltidan) mualliflik qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!