
"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi: "Ikkinchi taymdagi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi"
Coca-Cola Superliga 19-turida o‘z maydonida «Paxtakor» bilan durang o‘ynagan «So‘g‘diyona» klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘yin haqida fikr bildirdi.
«Natijadan qoniqmadim, boisi bugun biz ikki ochko yo‘qotdik. Ikkinchi taymda hisobda oldinda borayotgan vaqtimizda yana gol urish uchun qulay imkoniyatlar bo‘lgandi. Birinchi taym yaxshi o‘ynadik, ikkinchi taymdagi o‘yinimizdan esa ko‘nglim to‘lmadi.
Qolgan o‘yinlarda maksimum ochkolar qo‘lga kiritishni istaymiz. 6 talik yoki 4 talikka kirish imkoniyati bor ekan, albatta harakat qilamiz. Birinchi taymdagi o‘yinimizni qolgan o‘yinlarda ham namoyish etishga intilamiz», - dedi Boshkovich.
Fikrlar