
"So‘g‘diyona" hujumchisi 21-turda mavsumdagi ilk golini urganini bilasizmi?
“Buxoro” – “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi o‘yin 2:5 hisobida mehmonlarning foydasiga hal bo‘lganidan xabaringiz bor.
O‘sha uchrashuvda jizzaxliklarning oxirgi goliga Bahodir Nasimov mualliflik qildi. U 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 88-daqiqada gol urdi.
Qizig‘i shundaki, 33 yoshli hujumchi joriy mavsumdagi dastlabki golini kiritdi. Ya’ni, chempionat boshidan buyon 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi nihoyat maydonni golsiz tark etmadi.
Fikrlar