"So‘g‘diyona" o‘z tarixida ilk bor "Navbahor" maydonida g‘alabaga erishdi

  • 09.03.2021 20:43
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 1-turining ochilish bahsida "Navbahor" o‘z uyida Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 0:1 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu g‘alaba jizzaxliklarning Namangandagi ilk g‘alabasi sifatida tarixga kirdi.

Bungacha "So‘g‘diyona" o‘z tarixida hech qachon Namanganda g‘alaba qozona olmagandi. Vodiyda o‘tgan oldingi 25 ta uchrashuvning 5 tasida durang qayd etilgan hamda 20ta bahsda "Navbahor" g‘olib bo‘lgandi.

"So‘g‘diyona" Namangandan so‘nggi bor 2016 yil ochko olib qaytgan. "Navbahor" bu raqib bilan o‘z uyidagi oxirgi 4 ta o‘yinning barchasida g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!