"So‘g‘diyona" Shoxruz Norxonovning dubli evaziga Tojikiston chempionini mag‘lub etdi. Tarkibga sobiq futbolchi qaytdi

  • 22 iyul, 2021, 10:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bo‘lsa, Tojikistonning birinchi raqamli jamoasi – “Istiqlol” ayni paytda Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazyapti. Ular dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini “Metallurg”ga qarshi o‘tkazib 1:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.

Rejaga ko‘ra, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi “Istiqlol” ikkinchi o‘yinni  “So‘g‘diyona” jamoasi bilan o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda jizzaxliklarning etakchisi Shoxruz Norxonovnnig 52 va 58-daqiqalarda kiritgan ikkita goli “So‘g‘diyona”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

jizzax_4

Shuningdek, “So‘g‘diyona” tarkibiga birinchi davrani “Turon”da o‘tkazgan hujumchi Jasur Hakimov qaytib keldi. Boisi, ilgari ham ushbu o‘yinchi jizzaxliklar sharafini himoya qilgan.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Luka Chermel, Shaxboz Jo‘rabekov, Iskandar Shoyqulov, Jasur Hasanov, Shohruz Norxonov, Sardor Qulmatov, Daniel Nasriddinov, Javohir Qahramonov, Arslanmurat Amanov, Marko Kolakovich.

Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Bahodir Nasimov, Sahob  Rashidov, Jamshid Boltaboev, Nodir Qo‘yboqov, Ergash Ismoilov, Asil Begimqulov, Jasur Hakimov.

“Istiqlol”: Muxriddin Hasanov, Manuchexr Safarov, Aleksey Larin, Aleksandr Kucherenko, Axtam Nazarov, Vaxdat Xanonov (Daler Emomnazarov, 70), Amirbek Jo‘raboev, Islom Zoirov, Alisher Jalilov, Shervoni Mabatshoev, Vadim Yavorskiy (Rustam Soirov, 55).

jizzax2_1

”Istiqlol” klubi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 24 iyul kuni “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
22/07/2021 17:28
Офарин Сўғдиёна.. Бақоев