"So‘g‘diyona" uch nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 02.12.2025 21:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bu yilgi chempionatni 8-o‘rinda yakunlagan Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi uch nafar futbolchisi bilan kelishuvlarni uzaytirganligini ma’lum qildi.

"Joriy mavsum "So‘g‘diyona" safida harakat qilgan himoyachilar - Zoyir Jo‘raboev,Islom Qobilov hamda yarim himoyachi Suxrob Izzatov bilan o‘rtadagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yil oxiriga qadar uzaytirildi.

Futbolchilarga kelasi mavsum jamoamiz safida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi, klub matbuot xizmatining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich 7,5 yillik faoliyatidan so‘ng "So‘g‘diyona" bilan xayrlashgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!