"So‘g‘diyona" yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishdi

  • 22 yanvar, 2023, 14:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "So‘g‘diyona" jamoasi tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "Bo‘rilar" belgiyalik legioner hujumchi Isic Tarik bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Tarik 1994 yil 8 oktyabr sanasida  tavallud topgan. Futbolchi shu kungacha o‘z mamlakatining "Turbina", "Radnik", "Kaplina", "Olimpik", "Chelik Zenicha", Malayziyaning "Perak", Albaniyaning "Kukesi" jamoalarida to‘p tepgan.

Ma’lumot o‘rnida, jizzaxliklar o‘tgan mavsum Superligada 34 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

 

Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!