"So‘g‘diyona" yig‘inni Toshkentda boshladi

  • 05.01.2024 00:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Superliga-2023” mavsum yakunidan so‘ng tanaffusga chiqqan “So‘g‘diyona” 4 yanvardan e’tiboran qishki o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdi.

Xabar berayotganimizdek, jizzaxliklar hozirga qadar Islom Qobilov, Sardor Qulmatov, Aleksey Nosko va Zoran Petrovichning transferlarini e’lon qildi.

Dastlab mashg‘ulotlarni Toshkentda shahrida olib borish rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan o‘tkaziladi.

Yig‘in davomida yana yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib borish hamda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!