
"So‘g‘diyona"ning Jizzaxda "Metallurg"ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi qanday?
Superliganing 5-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi “Metallurg”ni qabul qiladi. Bekobodliklar mazkur uchrashuv arafasida prevyuni taqdim etdi.
«Metallurg» va «So‘g‘diyona» jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 42 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 16 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 8 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 58:53, «So‘g‘diyona» foydasiga.
Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. «So‘g‘diyona» 2001 yilda o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.
Ushbu jamoalarning Jizzaxda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuvi:
01.05.2022 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 2:0
26.09.2021 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 2:0
03.11.2020 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 0:0
21.04.2019 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 2:1
09.07.2018 «So‘g‘diyona» - «Metallurg» - 0:1
Fikrlar