
"So‘g‘diyona"ning omadsiz seriyasi davom etadi
Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi Superliga birinchi turida "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Shu tariqa "Bo‘rilar"ning O‘zbekiston chempionatidagi g‘alabasiz o‘yinlari seriyasi 12taga etdi.
"So‘g‘diyona" futbolchilari so‘nggi bor o‘tgan yilning avgust oyida "Dinamo"ni mag‘lub qilishgan edi (15-tur). O‘sha bahsda Javohir Qahramonov va Jasur Hasanovning gollari jamoaga qimmatli 3 ochkoni taqdim qilgan.
Fikrlar