Sokratis Papastatopulos: Mag‘lubiyatda faqat futbolchilar aybdor, murabbiy emas

  • 25 aprel, 2019, 18:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi himoyachisi Sokratis Papastatopulos kecha "Vulverxempton"ga (1:3) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatda futbolchilardan boshqa hech kimning aybi yo‘qligini aytdi.

“Biz juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Dastlabki 20 daqiqada hamma o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Ammo, shundan so‘ng to‘pni osongina yo‘qotadigan bo‘ldik. Raqib qarshi hujumdan juda yaxshi foydalana olishini bilardik va yakunda xuddi shu narsa sabab jazolandik. Raqibimizda gol urish uchun bor yo‘g‘i 3-4 ta imkon bo‘ldi va ular shularning 3 tasidan foydalanishdi.

Bizga chempionlar ligasida o‘ynash va g‘alaba qozonish doimo yoqadi. Lekin, bunga erishish oson emas. Biz ahmoq emasmiz, hamma futbolchilar mas’uliyatni his qilib turibdi.

Bugungi o‘yinda biz yomon o‘ynadik va bunga murabbiy yoki klubning boshqa xodimlari aybdor emas. Aybdor faqat o‘zimiz”, - deydi gretsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” ayni damda APL musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turishibdi. Ular EChL yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rinda borayotgan “Chelsi”dan 1 ochko kam jamg‘arishgan.

Ma’lumot uchun, “Arsenala” premer-liganng so‘nggi 3ta turini "Lester", "Brayton" va "Byornli"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!