Son Xin Min Janubiy Koreyani og‘ir ahvolda qoldirmoqchi emas

  • 9 noyabr, 2022, 21:54
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xin Min ko‘zidan jarohat olganiga qaramay, 2022 yilgi jahon chempionatida Koreya terma jamoasi tarkibida o‘ynaydi. 30 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi o‘yinda (2:1) ko‘zidan jarohat oldi. U 5 noyabr kuni jarrohlik stoliga yotdi.

Tecno

"Men 2022 yilgi jahon chempionatida o‘z jamoam nomidan ishtirok etaman. Na jarohat, na boshqa muammo bunga to‘sqinlik qila olmaydi. Qatarda ko‘rishguncha!" — deb yozdi koreyalik vinger ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

Son joriy mavsumda “Tottenxem” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

JCh-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Koreya terma jamoasi Urugvay, Gana va Portugaliya bilan bir guruhdan joy oladi. Koreyaliklar ilk o‘yinni 24 noyabr kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!