
Sovrinsiz qolgan “Real” mavsumning eng zo‘r o‘yinchisini tanladi
“Pari Sen-Jermen” safida deyarli har mavsum mamlakat chempionatida g‘olib chiqishga ko‘nikib qolgan Klian Mbappe “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin debyut mavsumida sovrinsiz qoldi.
Biroq individual ko‘rsatkichlar bo‘yicha, ayniqsa, to‘purarlikda frantsiyalik futbolchi bir necha rekordlarni o‘rnatib, muvaffaqiyatga erishdi.
“Real” matbuot xizmati Kilian Mbappeni jamoaning 2024-2025 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’lon qildi.
26 yoshli futbolchi La Ligada 34 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 31 marotaba ishg‘ol qilib, chempionat to‘purarlari poygasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, liga o‘yinlarida Mbappe uch bor gollarga assistentlik qildi.
Shuningdek, mashg‘ur futbolchi Evropa Chempionlar ligasining 14 ta o‘yinida ettita gol va ikkita assist, Ispaniya kubogidagi to‘rtta bahsda ikkita gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar